Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
“OLIM XO‘JAYEV” VA “KATTA OQTEPA” MAHALLALARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OLIM XO‘JAYEV” VA “KATTA OQTEPA” MAHALLALARIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanidagi “Olim Xo‘jayev” va “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni joyiga chiqib o‘rgandi.

🤝 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati MuqRahmatillayevalayeva, tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Yo‘ldoshxo‘jayeva, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etdi.

📝 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli “Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarni saqlash, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📁 “Olim Xo‘jayev” mahallasida hududlarni obodonlashtirish, daraxtlarni butash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylar atrofining tozaligi va aholi yashash infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarning holati o‘rganildi.

📉 Shuningdek, “Katta Oqtepa” mahallasida ham mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi obodonlashtirish, kommunal infratuzilma, ko‘p qavatli uylarni saqlash hamda aholining kundalik turmushiga ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Deputat Aziz Ibragimov aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli o‘rganish va amaliy yechim topish zarurligi qayd etildi.

📋 Mazkur o‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya doirasidagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi, yashil hududlar holati hamda kommunal xizmatlar sifatini o‘rganish vazifalari bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash, “Olim Xo‘jayev” va “Katta Oqtepa” mahallalarida obodonlashtirish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlarni davom ettirish deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3