Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Z.G‘ofurova tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova, shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxomxo‘ja Saidakbarov bilan hamkorlikda hududdagi mavjud holat, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Navbahor mahallasi hududida elektr ta’minotini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning PQ–298-son qarori asosida Marg‘ilon shahrining qator mahallalarida, jumladan, Navbahor mahallasida ham yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 8 mingga yaqin xonadon hamda 280 ta tadbirkorlik subyektining elektr ta’minoti quvvatini oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Cho‘lquvar” elektr taqsimlash punkti yuklamasini kamaytirish maqsadida “Satkak” podstansiyasidan ikkita, har biri 4,5 kilometr uzunlikdagi yangi 10 kV elektr tarmog‘i barpo etilishi, umumiy quvvati 23 ming kVA bo‘lgan 67 ta transformator punktining yangi taqsimlash tizimiga ulanishi rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida mazkur ishlarning hudud obodligi va aholi turmush sharoitiga ta’siri ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, “Navro‘z” mahallasining “Oltin meros” ko‘chasida elektr kabel tarmoqlarini tortish ishlari yakunlangach, yo‘l qismida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.

Bu kabi loyihalar nafaqat elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, balki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay sharoit yaratish va mahallalar qiyofasini yanada obod etishga xizmat qilmoqda.

Deputat Z.G‘ofurova tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, muammolarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 9