Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Oilaviy shifokorlik punktidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tumanning “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktining holati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud muammolar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining binosi va undagi xonalarning sanitariya-texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bino devorlarining ayrim qismlari ta’mirtalab holatda ekani, muassasaning tashqi va ichki ko‘rinishini yaxshilash, xonalarni joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, oilaviy shifokorlik punktida aholi va tibbiyot xodimlarining kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan ichimlik suvi ta’minoti tizimi ham o‘rganildi. Mavjud ichimlik suvi nasosining ta’mirtalab holatda ekani aniqlanib, uni ta’mirlash yoki zarur hollarda yangisiga almashtirish masalasini hal etish lozimligi ta’kidlandi.

🔻Muassasaga murojaat qilayotgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, kutish joylaridagi o‘rindiqlarning eskirgani va ularni yangilash zarurligi qayd etildi. Bemorlar, ayniqsa, keksa yoshdagi fuqarolar va bolali onalar uchun qulay kutish sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida tibbiy xizmatlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Ayrim xonalarda kompyuter jamlamalari yetishmasligi sababli elektron hujjatlar bilan ishlash va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish jarayonida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan tibbiyot muassasasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, binoni ta’mirlash, ichimlik suvi nasosini ishchi holatga keltirish, kutish o‘rindiqlarini yangilash hamda zarur xonalarni kompyuter texnikasi bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 9