Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

“Navro'z” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar Navro'z” mahallasida bo‘lib, hududdagi profilaktika inspektorining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, oilaviy va ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla raisi va “mahalla yettiligi” a’zolari, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda fuqarolar bilan hamkorligi, aholining murojaatlarini o‘rganish va muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur deputatlik nazorati 24 ta mezon asosida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni talablari asosida olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish, profilaktik hisobda turuvchi hamda nazoratga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlar tomonidan mahallada osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1