Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN MAKTAB VA BOG‘CHANI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN MAKTAB VA BOG‘CHANI TA’MIRLASH UCHUN MABLAG‘ AJRATILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev saylangan hudud — Mirobod tumanidagi “Fayziobod” mahallasida joylashgan 135-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 214-sonli umumta’lim maktabining ta’mirtalab holati yuzasidan fuqarolar tomonidan amaliy yordam so‘rab murojaat kelib tushgan edi.

🔎 Murojaat asosida Toshpo‘lat Matibayev boshchiligida Mirobod tumani Kengashi deputatlari Tatyana Gribanova, Maqsudjon Masharipov va Alisher Eshmatov mahalla yettiligi, ta’lim muassasalari ma’muriyati, ko‘chaboshilar hamda yoshlar bilan birgalikda mazkur obyektlarning holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

🏫 O‘rganish davomida 135-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti va 214-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi. Mavjud masalalarni hal etish yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli takliflar ilgari surilib, amaliy choralar ko‘rildi.

💰 Natijada Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 4-avgustdagi VII-25-118-14-0-K/26-sonli qarori bilan mazkur ikki ijtimoiy soha obyektida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun jami 967 million 768 ming 800 so‘m mablag‘ ajratildi.

🛠 Ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’lim muassasalarida tegishli loyihalash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni qisqa muddatlarda boshlash rejalashtirilgan.

🔺 Deputat Toshpo‘lat Matibayev tomonidan ko‘tarilgan masalaning amaliy yechim topishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi hamda maktab va bog‘chadagi ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Aholi murojaatini joyida o‘rganishdan boshlangan tashabbus natijasida “Fayziobod” mahallasidagi ikki muhim ijtimoiy soha obyektini yaxshilash bo‘yicha amaliy yechim ta’minlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9