Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

🎒 3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📚 1-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ularning sanitariya va obodonlashtirish darajasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.

🎒 Shuningdek, yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilarga beriladigan o‘quv qurollarining mavjudligi, ularning to‘liqligi va belgilangan tartibda tayyorlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📖 O‘quvchilarning ilk ta’lim bosqichini munosib sharoitlarda boshlashi, ular uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunida belgilangan ta’lim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan vazifalarga hamohangdir.

📌 O‘rganish yakunida boshlang‘ich sinf xonalarini yangi o‘quv yiliga yanada puxta tayyorlash, 1-sinf o‘quvchilarini zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🌟 Birinchi qadam — katta kelajak sari yo‘l. Farzandlarimizning maktabdagi ilk kunlari munosib sharoit va yuqori e’tibor bilan boshlanishi muhimdir.

Slide 1 of 3