Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
“Chinor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 “Chinor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

25-ishonch saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqot
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 25-ishonch saylov okrugiga qarashli “Chinor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi holati o‘rganildi.
Mazkur qaror hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

🗣 Muloqot davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅ Fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglashga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan taklif va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonuni talablariga hamohangdir. Ushbu Qonunda deputatlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashib turishi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishi va fuqarolar manfaatlarini ifoda etishi bilan bog‘liq vakolatlari belgilangan.

📋 Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazoratga olish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🌱 Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5