Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlik nazorati

#deputat_nazorati
#24_muhim_masala

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Navbahor mahallasida tadbirkorlik va hunarmandlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning mehnat faoliyati ham o‘rganildi.

Jumladan, tadbirkor Soipov Shukurillo Hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lgan holda kosibchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. U o‘z kasbini rivojlantirish bilan bir qatorda, yoshlarni hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Ayni paytda tadbirkorning 10 nafar shogirdi mavjud bo‘lib, ular kosibchilik sir-asrorlarini o‘rganish bilan birga, mehnat faoliyatiga jalb etilgan. Bu esa mahallada aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish borasidagi amaliy natijalardan biridir.

O‘rganish davomida, shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham e’tibor qaratildi.

Bunda mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hunarmandchilik va kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Soipov Shukurillo faoliyati misolida ko‘rish mumkinki, birgina hunarmandlik yo‘nalishini rivojlantirish orqali nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki boshqa fuqarolarni ham mehnatga jalb etish, ularga kasb o‘rgatish va mustaqil daromad manbaini shakllantirish imkoniyati yaratilmoqda.

Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning samaradorligini oshirish mahallada aholi farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning o‘z mehnati orqali munosib daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5