Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlik nazorati

#deputat_nazorati
#biriktirilgan_tashkilot
#qonun_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Z. G‘ofurova tomonidan saylov okrugiga qarashli Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida deputat bilan birgalikda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot — Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxomxo‘ja Saidakbarov ishtirok etdi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–940-son Qonunida belgilangan energiyadan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarining amaliy ijrosini ta’minlash nuqtai nazaridan tashkil etildi.

Jarayon davomida hududdagi mavjud holat, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi, elektr va boshqa energiya manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli hududdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, energiya resurslaridan tejamkor va samarali foydalanish madaniyatini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatining hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, energiya resurslaridan oqilona foydalanish nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki aholining kundalik turmushida tejamkorlik va mas’uliyat tamoyillarini qaror toptirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosini ta’minlash va deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4