35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati D.Djumaboyeva tomonidan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi.

🫥Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bandlikni ta’minlash, doimiy ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, oliy ta’lim va kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari, sport hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Jumladan, fuqaro R.Sattayev tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritish hamda bandligini ta’minlash masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

🫥Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning o‘z vaqtida, qonuniy va samarali hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritilishi qayd etildi.

Slide 1 of 1