Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengash raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi Sh.Raimovaning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan Qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, og‘ir toifadagi 52 nafar yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgani, 68 nafar yoshning bandligi ta’minlanib ishga joylashtirilgani, 41 nafar yosh doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangani, 12 nafar yoshga imtiyozli kredit olishda, 7 nafar yoshga subsidiya ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Shuningdek, mahalla yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari ham e’tirof etilib, 86 nafar yosh turli sport musobaqalarida 1 va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgani ma’lum qilindi. Bu natijalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasi sifatida baholandi.

O‘rganish jarayonida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish, bandlikni ta’minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish tartibi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda ehtiyojmand yoshlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3