Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
ZARGARLIK MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

ZARGARLIK MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Zargarlik mahallasida kuzatuv kameralari faoliyati hamda hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abdurashid Abdushukurov ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida mahallada 33 ta ko‘p qavatli uy mavjudligi va ularda 6 754 nafar fuqaro istiqomat qilishi qayd etildi. Shuningdek, hududda 334-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Toshkent yuridik texnikumi, tuman Madaniyat bo‘limiga qarashli A.Qodiriy nomidagi madaniyat markazi hamda Toshkent shahar notariuslar arxivi faoliyat yuritayotgani inobatga olinib, mazkur obyektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📸 Mahallada «Xuroson Servis» boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan mahalla hududiga jami 76 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani, ular orasida Face ID, PTZ hamda zamonaviy rusumdagi boshqa videokuzatuv moslamalari mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Mazkur tizim hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan holatlarga tezkor chora ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

📁 Shuningdek, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasida belgilangan vazifalar asosida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, «qizil» va «sariq» hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud videokuzatuv tizimidan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4