Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
ZARGARLIK MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

ZARGARLIK MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Zargarlik mahallasida hududni obodonlashtirish, bolalar maydonchalari hamda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi BSK faoliyati doirasidagi holatlar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi J.Ismanov boshchiligida tuman deputatlari J.Karimov, A.Abdushukurov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🗂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🏢 O‘rganish davomida Zargarlik mahallasidagi 40-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasining joriy holati ko‘zdan kechirilib, hududni obodonlashtirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📝 Shuningdek, BSK tasarrufidagi 65-uy ko‘p qavatli binosining yerto‘la qismi ham ko‘zdan kechirildi. Yerto‘laning umumiy holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda sanitariya va obodonlashtirish masalalariga e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘p qavatli uy aholisi uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalardagi bolalar maydonchalari, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylari, yerto‘lalari va hudud obodonchiligi holati tizimli ravishda o‘rganib borilmoqda.

📈 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida Kengash deputatlariga o‘z saylov okruglaridagi hududlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ularni deputatlik nazoratiga olish vazifasi belgilandi.

Slide 1 of 5