35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasi o‘rganildi

Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan belgilangan reja-grafik asosida Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha tashabbuskori "Navpromlitmash" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan "Metaldan detallar ishlab chiqarish" loyihasining bajarilish jarayonlari, qurilish ishlari, uskunalarni yetkazib berish hamda infratuzilma bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha Xitoy va Koreya davlatlaridan jalb etilgan xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 30 mln AQSH dollarini tashkil etib, ishlab chiqarish quvvati yiliga 6,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Loyihani to‘liq ishga tushirish muddati 2026-yil 1-dekabr etib belgilangan.
Loyihaga muvofiq, 2026-yilda 15 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning birinchi yarim yilligi uchun 6,9 mln AQSH dollari prognoz qilingan. Amalda mazkur davrda 6 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilgan.

Loyiha Navoiy shahrining “Bunyodkor” MFY hududida joylashgan bo‘lib, 2025-yilda 1 gektar yer maydoni auksion orqali xarid qilingan. Ishlab chiqarish maydoni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, quvvati 1 MVt bo‘lgan transformator o‘rnatilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Koreya davlatlari bilan shartnomalar imzolangan. Bugungi kunga qadar uskunalarning 60 foizi olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Qolgan uskunalarni 2026-yilning ikkinchi yarim yilligiga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.

O‘rganish yakunida loyihani belgilangan muddatlarda to‘liq amalga oshirish, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish hamda investitsiyalarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5