35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
“Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida

Muzrabot tumanida 2026 yilning 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz elektron platformasi orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijalari asosida jami 10 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ayni paytda mazkur loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan doimiy deputatlik nazoratiga olingan.

Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarining asosiy maqsadi — ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ob’ektlarning belgilangan muddatlarda va sifatli barpo etilishini ta’minlashdan iborat.

Navbatdagi o‘rganish tumanning “Duoba” mahallasida joylashgan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi. Ushbu o'rganishda Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislar B.Xoliqov va Sh.Shoymardonovlar ishtirok etishdi.
Mazkur loyiha doirasida maktab uchun faollar zali qurish maqsadida 1 mlrd 648 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, buyurtmachi sifatida Yagona buyurtmachi xizmati DUK belgilangan. Tender savdolari natijasiga ko‘ra “TALLASHQON-INVEST” MChJ pudratchi tashkilot sifatida g‘olib deb topilgan.

O‘rganish jarayonida deputatlar qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlari asosida olib borilayotganligi, qurilish materiallarining sifati, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi hamda ishlarning belgilangan grafik asosida bajarilayotganini atroflicha ko‘zdan kechirdilar. Hozirgi kunda ob’ektda tuproq ishlari to‘liq yakunlanib, binoning poydevorini qurish ishlari izchil davom etmoqda.

Nazorat tadbiri yakunida mas’ul tashkilotlar hamda pudratchi korxona vakillariga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat talablari asosida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek, qurilayotgan ob’ektning mustahkamligi va uzoq yillar davomida samarali xizmat qilishi uchun barcha texnik va me’yoriy talablarga qat’iy amal qilish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2