35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova  tumandagi mahallalarda o‘rganish olib bordi

#Kengash_raisi_faoliyati

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova  tumandagi mahallalarda o‘rganish olib bordi

Unda mahalla mas’ullari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida "Zarbdor" mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari ko‘zdan kechirildi. Loyiha ijrosi, qurilish sifati va ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, "Zarbdor" mahallasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining daromadini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi. Mazkur tadbirkorlik punktida aholi uchun darvoza, karovat va shu kabi buyumlar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan bo'lib, fuqarolarni ish bilan ta'minlab kelayotganligi ma'lum bo'ldi.

"Shodlik" mahallasida esa ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi jarayoni o‘rganilib, bunyodkorlik ishlarining borishi, qurilish sifati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5