Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
“Dolzarb 90 kun” doirasida mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova tashabbusi bilan Andijon shahar “Barkamol” MFYda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla xotin-qizlari va yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda milliy urf-odat va an’analarimizni yosh avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi.

“Mahalla farovonligi uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda momolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan udumlar, milliy taomlar tayyorlash an’analari namoyish etildi. Jumladan, chalpak, cho‘zma non, tandir non, somsa va holvaytar tayyorlash jarayonlarida mahalla ahli faol ishtirok etdi.

Bunday tadbirlar mahallada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1