35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Aholi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Navro‘z” mahallasida joylashgan 50-ko‘p qavatli uy-joyda istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlariga asosan elektr tarmoqlari holati bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar ishtirokida ko‘p qavatli uylarning ichki elektr tarmoqlari, kirish yo‘laklaridagi elektr shitlari, avtomat o‘chirgichlar hamda elektr uskunalarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Suhbatlar davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, eskirgan elektr shitlari xavfsizlik talablariga javob bermasligi hamda ayrim joylarda tarmoqlarni yangilash zarurligi haqida murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan barcha masalalar deputat tomonidan Deputatning yon daftariga ro‘yxatga olinib, mas’ul elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari, boshqaruv servis kompaniyasi va tegishli tashkilotlar vakillari jalb etildi. Muammolar joyida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

O‘rganish natijasida eskirgan va talabga javob bermaydigan elektr shitlari zamonaviy va xavfsiz turdagi yangi jihozlarga almashtirildi, nosoz avtomatlar yangilandi, elektr tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Slide 1 of 6