35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Deputat mahallada Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Fayzobod MFY misolida mahalladagi xotin-qizlar faol tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. Ushbu o‘rganish xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi raisi, 15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:

“Ayollar daftari”: Daftarga jami 243 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Tadbirkorlik va imtiyozli kreditlar: Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan xotin-qizlardan 10 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’minlangan.

Bandlikni ta'minlash: Ishsiz bo‘lgan 40 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlanib, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashilgan.

Tibbiy ko‘riklar: Xotin-qizlarning salomatligini asrash borasida 53 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Huquqiy yordam: Huquqiy yordamga muhtoj bo‘lgan 15 nafar xotin-qizga tuman Adliya bo‘limi tomonidan amaliy huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Fayzobod MFYda xotin-qizlarning muammolarini ijobiy hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta'minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw