Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Fuqarolar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar qabullari davomida bildirilgan murojaatlar asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

Xususan, "Ganjiravon" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan mahalla hududida qarovsiz hayvonlar sonining ortib borayotgani hamda bu holat fuqarolar xavfsizligi va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarni atroflicha o‘rganish natijasida deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborilib, mahalla hududidagi qarovsiz hayvonlarni belgilangan tartibda ovlash, ularni saqlash va mazkur yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan ushbu masalani amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mazkur masalaning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2