Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Kengash_faoliyati

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Obod yurt" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan individual uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarning asosiy maqsadi aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan:
🔹 ijtimoiy himoya;
🔹 bandlikni ta’minlash;
🔹 ichki yo‘llarni ta’mirlash;
🔹 ichimlik suvi va elektr ta’minoti;
🔹 kommunal xizmatlar sifati;
🔹 obodonlashtirish;
🔹 mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mazmunan o‘rganildi. Masalalarning tegishliligidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yuborilishi qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflarni shakllantirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq, samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4