Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan o‘zi saylangan hududda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Bo‘rsiliq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahallaning Gulshan ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan muloqot qilinib,hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.Muloqot davomida ko‘cha faollari va fuqarolar tomonidan ko‘chadagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib, foydalanish muddati o‘tgan va eskirgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish zarurligi bildirildi. Mazkur holat, avvalo, aholining elektr energiyasidan xavfsiz va barqaror foydalanishini ta’minlash, shuningdek, eskirgan elektr tarmoqlari bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olish nuqtayi nazaridan muhim ekani ta’kidlandi.Shuningdek, Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham ko‘tarildi. Aholining sifatli va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, mavjud muammoni o‘rganib,uni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib,aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish,ularning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilinib mazkur masalalar hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.Bunday uchrashuvlar hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Slide 1 of 3