35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
38-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi 38-oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarining sifati, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlar bilan ishlash tizimi, dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil tahlil qilindi.

Shuningdek, poliklinikada profilaktik tadbirlarni tashkil etish, aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni dispanser nazoratiga olish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish va fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash borasidagi o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 8