35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
#deputatlar_nazorati DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganishlar deputatning 24-Charog‘on saylov okrugi hududida olib borildi. Dastlab, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Shuningdek, Charog‘on mahallasi J.Sultonov ko‘chasida yashovchi N.Sh. xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 30-martdagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq, "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlari energiya tejamkor, ya’ni "yashil" texnologiyalar asosida ta’mirlanmoqda.

Ta’mirlash ishlari "DURABLE HOUSES" MCHJ hamda Marg‘ilon shahar hokimligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va foydalanilayotgan qurilish materiallari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday nazorat tadbirlari davlat dasturlari va Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularning turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8