35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini oshirish, fuqarolarning malakali tibbiy yordam hamda zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar ijrosini joylarda o‘rganish va nazoratini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, poliklinikada bemorlarni qabul qilish tizimi, mutaxassis shifokorlar faoliyati, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, muassasada ko‘rik va davolanish uchun yaratilgan qulayliklar, kutish zallari, davolash xonalari, sanitariya-gigiyena talablari, tibbiy jihozlardan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, dori vositalari bilan uzluksiz ta’minotni yo‘lga qo‘yish hamda murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3