Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЮНИСЕФ пенен бирге ислесиў өз нәтийжесин бермекте
янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📍 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Shoxrux Odil o‘g‘li Qudratov tomonidan 283-ds-383-26-sonli deputat so‘rovi Samarqand shahar hokimi F. Umarovga yuborildi.

✅ Deputat so‘rovida 4-Mustaqillik saylov okrugi hududidagi Birlik mahallasi aholisi tomonidan sport infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masala ko‘tarildi.

🥅 Murojaatda mahallada 546 ta oila, 346 ta xonadon va 1 781 nafar aholi istiqomat qilishi, biroq yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar mavjud emasligi qayd etilgan. Xususan, hududda zamonaviy sport maydonchasining yo‘qligi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini cheklayotgani ta’kidlangan.

⛳️ Deputat tomonidan Birlik mahallasi hududida zamonaviy sport maydonchasini barpo etish, hududni obodonlashtirish hamda yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladigan infratuzilmani yaratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

✅ Shuningdek, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar hamda muammoning ijobiy hal etilishi bo‘yicha aniq taklif va rejalar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🌀 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari hududlarda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud masalalarning amaliy yechimiga erishish yuzasidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirmoqda.

Slide 1 of 1