Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash hamda jamiyatda teng imkoniyatlarni qaror toptirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda oilada va jamiyatda gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📝 Gender tengligi sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-561 | Qabul qilingan sana: 02.09.2019

🔺 Mazkur qonun xotin-qizlarni jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boshqa shakldagi tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanuvchilarga zarur yordam ko‘rsatish va ularning huquqlarini ishonchli ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-562 | Qabul qilingan sana: 02.09.2019

🔺 Ushbu qonun xotin-qizlar va erkaklar uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, gender kamsitilishining oldini olish va gender tengligi tamoyillarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda jamiyatda teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1