Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Sherobod tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

🔎 Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining qonun talablari asosida tashkil etilganligi;

🔹 fuqarolar yig‘ini kengashi yig‘ilishlarining belgilangan tartibda o‘tkazilishi;

🔹 mahalla qarorlarining aholiga o‘z vaqtida yetkazilishi;

🔹 faoliyatda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi;

🔹 fuqarolar murojaatlarining belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi;

🔹 jamoatchilik nazoratining samaradorligi;

🔹 yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati;

🔹 mahalla fuqarolar yig‘inlarining davlat organlari bilan hamkorlik darajasi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4