Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini taʼminlash, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va sifatli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida joylarda oʻrganishlar qizgʻin davom etmoqda.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni bevosita xonadonbay oʻrganish maqsadida 20-Do'stlik saylov okrugi deputati Orzigul Qulliyeva oʻz hududidagi "Novshahar" mahallasida boʻldi.
Deputat O.Qulliyeva "Novshahar" mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turgan hamda koʻmakka muhtoj fuqaro — Aytuganova Ulgizi xonadoniga borib, u yerda olib boriladigan taʼmirlash ishlarining hajmi va tayyorgarlik jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Eslatib oʻtamiz: Mazkur Kengash qaroriga muvofiq, tumandagi I-guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uylarini taʼmirlash hamda energiya samaradorligini oshirish belgilangan. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilgan.
Oʻrganish davomida ushbu xonadonda amalga oshiriladigan quyidagi ishlarning rejalari kelishib olindi.

Uylarning devor va tomlarini issiqlik saqlaydigan qilib izolyatsiya qilish.Energiya tejamkor zamonaviy eshik va derazalar oʻrnatish.Mutlaqo bepul va muqobil elektr energiyasi beruvchi quyosh panellari yoki geliokollektorlar oʻrnatish.

Xonadon egalari bilan suhbatda ularning fikr va istaklari tinglandi. Deputat tomonidan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish, mablagʻni oʻz muddatida va manzilli yetkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari tomonidan okruglardagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Maqsadimiz bitta — tumanimizda inson qadrini ulugʻlash va eng muhtoj oilalarga munosib shukurona hayot kechirishlari uchun sharoit yaratish!

Slide 1 of 4