Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasi 12-ko‘p qavatli uyning ichimlik suvi ta’minotidagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichimlik suvi tarmog‘ining ayrim qismida texnik nosozliklar kuzatilgani, bu esa aholiga suv yetkazib berish jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan nosoz holatga kelgan quvur tarmog‘ini ta’mirlash va eskirgan qismini yangisiga almashtirish ishlari tashkil etildi.

Jumladan, suv tarmog‘ining 6 metr qismi to‘liq yangilanib, zamonaviy va sifatli quvurlar o‘rnatildi. Ta’mirlash ishlari jarayonida quvurlarning ulanish nuqtalari, suv bosimi hamda texnik talablarga muvofiqligi alohida nazorat qilindi. Deputat amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, qurilish-montaj ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya qilish va ishlar belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 3