Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari, nuroniylar va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni qiynayotgan dolzarb muammolar hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi.

Xususan, ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish, sanitariya-tozalik, kommunal xizmatlar sifati hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari, obodonlashtirish tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirilib, ularning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar deputat tomonidan batafsil tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish belgilandi.

Uchrashuv davomida aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari hamda mahallalarni yanada obod va farovon etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham axborot berildi.

Hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1