35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala “Sebzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
“Sebzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.
 Xalq deputatlari tuman Kengashining "1-Sangardak" saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimov hamda tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan tumandagi “Sebzor‘” mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla ijtimoiy xodimining ish samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, aholi bilan ishlash tizimi, davlat dasturlari ijrosi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyati;

mahalla soliq inspektori tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, soliq bazasini kengaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish va soliq qonunchiligi talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar.
 Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmon hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Joylardagi amaliy o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunlar ijrosini ta’minlash va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3