35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Mahallada elektr tarmoqlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozorov tomonidan o‘zining 14-«Degrizlik» saylov okrugi hududida joylashgan «Degrizlik» mahallasida mahalla faollari tomonidan ko‘tarilgan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda mahalla faollari va tegishli mas’ullar ishtirok etib, hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Xususan, mahalla ko‘chalarida foydalanilayotgan simyog‘ochlarning eskirgani, ayrimlarining texnik holati talab darajasida emasligi hamda ularni yangilash zarurati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Mahalla aholisi tomonidan eskirgan tayanchlar elektr ta’minotining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda ularni zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mavjud muammoni bartaraf etish, elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash hamda simyog‘ochlarni bosqichma-bosqich yangilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4