35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan "G‘ishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Sulaymonqulova faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli G.Toshmatova tomonidan qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:
8 nafar ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilgani;
2 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgani;
10 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgani;
3 nafar ajrim yoqasida turgan oilada yarashtirish ishlari olib borilgani;
25 nafar ehtiyojmand xotin-qizga moddiy yordam ajratilgani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy himoya mexanizmlari hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2