35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, xususan, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish, ularning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, hududda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” hamda “ijtimoiy reyestr” asosida olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida mavjud muammolar, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikrlar o‘rganildi. Ayrim yo‘nalishlarda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, murojaatlarga tezkor va manzilli yondashuvni ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Deputat tomonidan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, xavf guruhidagi oilalar bilan manzilli ishlash, ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3