Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Mahallada xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq  Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim S.Murodjonova hamda “Burchmullo” va “Yakkatut” mahallalariga biriktirilgan xotin-qizlar faoli M.Ashurova faoliyatlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash hamda davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy dasturlar ijrosi tahlil qilindi.

🔺Xususan, mahallada yuritilayotgan "Ayollar daftari" bilan ishlash holati, unga “Burchmullo” mahallasidan kiritilgan 110 nafar va “Yakkatut” mahallasidan kiritilgan 80 nafar xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Daftarga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, mahalladagi kambag‘allik reyestri yuzasidan ham muhokama o‘tkazildi. Reyestrga kiritilgan 23 ta oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish, doimiy ish bilan ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil etildi.

🔺Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, har bir oila kesimida yuritilayotgan elektron ma’lumotlar bazasi, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔺O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va mahalla mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi samaradorligini yanada oshirish, "Ayollar daftari" va kambag‘allik reyestri bilan ishlashda manzillilik va natijadorlikni kuchaytirish, har bir murojaatni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2