Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI

⚡️Bugun Nurobod tumani 10-Nurbuloq saylov okrugiga qarashli Nurbuloq mahallasida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Suyarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilotlar – Nurobod tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Nurobod tumani bo‘limi rahbarlari ishtirokida fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

✏️O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amaldagi qonunchilik talablari, ruxsat berish tartiblari hamda faoliyatni qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, doimiy komissiya raisi S.Suyarov tomonidan fuqaroga **“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-327-son, 2012-yil 26-aprel)**ning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

⚡️Ta’kidlanganidek, mazkur Qonun:
⏺oilaviy tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;
⏺oila a’zolarining birgalikdagi mehnati asosida daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish;
⏺aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
⏺oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
⏺imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy ko‘maklardan foydalanish tartibini belgilashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

➡️Shuningdek, fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali o‘z daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3