Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tashaeva Shaxnoza xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka asosan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida I. Karimov ko‘chasi 114-uy oldi hududidagi yer maydonlaridan suv chiqishi va uning 21-uy tomonga qarab oqib kelishi holati aniqlandi. Yo‘lning ikki tomoni bordyurlar bilan chegaralangan bo‘lib, suv oqimi ariq kabi yo‘l bo‘ylab harakatlanib, natijada 21-uy oldida suv to‘planib qolishi kuzatildi.

Shuningdek, ayrim hududlarda aholi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun avtomashinalar to‘xtash joylarini tashkil etish maqsadida ariqlarga kichik diametrli quvurlar o‘rnatilganligi sababli suv oqimining tabiiy yo‘nalishi buzilgani qayd etildi.

Mazkur holatda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining aybi yo‘qligi, aksincha, infratuzilma elementlariga ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan aralashish natijasida suv oqimi tizimida muammolar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish, ariq va drenaj tizimlariga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish hamda mavjud muammoni texnik jihatdan bartaraf etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, hududdagi suv oqimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6