Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Bugun Uchquduq tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, davlat idoralari mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishiga Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Umrbek Salimov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan:
🔹 Uchquduq tuman mahalliy budjetining 2026-yil birinchi chorak daromadlari rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish;
🔹 Tumanda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, ma’naviyat va kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
🔹 Uchquduq tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish;
🔹 Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsizlikning oldini olish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Mutasaddi rahbarlarning axborotlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mansabdor shaxslarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan mazkur qarorlar hududni yanada rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9