Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Ta’mirlash ishlari ijrosi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘ini, 6-uy, 30-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro I.Nosirova xonadoniga tashrif buyurilib, qaror asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan loyiha doirasida bajarilgan ishlar va tegishli hujjatlar deputatlarga taqdim etildi.

Monitoring jarayonida:
qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiq olib borilishi;
qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi;
ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xonadon egasi bilan suhbat o‘tkazilib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi hamda qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda qabul qilingan qarorlarning amaldagi ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qaror ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi va amalga oshirilayotgan ishlar doimiy monitoring ostida bo‘ladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3