Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Aholi bandligi deputat e’tiborida.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan Hazortut mahalla hududda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi.
O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar va aholining o’zini-o’zi band qilish orqali daromad topish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, bir qator xotin-qizlar tomorqa yerlari va issiqxonalardan samarali foydalanib, pomidor, bodring hamda boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali oilaviy daromadlarini oshirayotgani qayd etildi. Ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar ichki bozorlarga chiqarilib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ham munosib hissa qo’shilmoqda.
Shuningdek, xonadonlarda chorvachilik, tikuvchilik va boshqa daromad keltiruvchi faoliyat turlari bilan shug’ullanayotgan fuqarolarning ishlari ham o’rganildi. Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, kambag’allikni qisqartirish va oilalar iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
O’rganish yakunida aholi, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqa va issiqxonalardan unumli foydalanish hamda yangi daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo’nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettirilishi belgilandi.