Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalasi sessiyada muhokama qilindi.

 Sessiyada Samarqand shahar hokimi F.Umarovning xalq murojaatlari bilan ishlash, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Muhokamalar davomida murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, takroriy murojaatlar sonini kamaytirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, “mahallabay ishlash” tizimini takomillashtirish hamda sayyor va shaxsiy qabullarni muntazam tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiyada Samarqand shahrini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish yuzasidan keng qamrovli Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

• murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha shahar shtabi tashkil etiladi;

• Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tizimli tahlil qilinadi;

• mahallalarda mavjud muammolarni joyida hal etish mexanizmlari kuchaytiriladi;

• sayyor va shaxsiy qabullar soni oshiriladi;

• murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

Sessiya yakunida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi roziligini ta’minlash hamda davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.