Tashrif yakunida senator Ma’rufova Gulnora Mahmudovna Chilonzor tumani Oila va xotin-qizlar maskani faoliyati bilan tanishdi. Maskanda oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
❇️ Xususan, maskan qoshida tashkil etilgan yangi o‘quv markazi faoliyati senator tomonidan yuqori baholandi. Mazkur markaz orqali xotin-qizlarni zamonaviy kasb va hunarlarga o‘qitish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, yosh nikohlanuvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
✅O‘rganishlar davomida mahalliy Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.