Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
“Guliston” mahallasida ta’mirlangan xonadon nazoratda: Deputatlar fuqaro R.Panjiyevning uyidagi qurilish ishlari sifatini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati F.Homidov “Guliston” mahallasida bo‘lishdi.

💬 Mas’ullar tashrif davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida uy-joyi ta’mirlab berilgan fuqaro R.Panjiyevning xonadoniga tashrif buyurdilar.

💬 Ushbu o‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli qarorining ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬 Tashrif davomida deputatlar xonadonda quruvchilar tomonidan bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini birma-bir ko‘zdan kechirdilar.

💬 Xususan:
🟢Uyning devor qismlarining ta’mirlanish sifati, eshik va romlarning o‘rnatilishi hamda xonadonda yashash uchun yaratilgan qulayliklar darajasi;

🟢Pudratchi tashkilot tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha va me’yorlarga mos ravishda bajarilganligi tahlil qilindi.

💬 Kengash qarorlari bilan ajratilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan ishlar har bir oilaning turmush sharoitini haqiqatda yaxshilashi shart. Deputatlar mazkur masala to‘liq hal etilguniga qadar nazoratni davom ettiradilar.

🫥 Maqsadimiz — har bir fuqaroning turmush sharoitini yaxshilash, uy-joy loyihalarining sifati va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash orqali xalq roziligiga erishishdir!

Slide 1 of 2