Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov hamda tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A. Baxramov bilan birgalikda probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuvda ishtirok etdi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ijtimoiy muammolarini hal etish masalalari keng muhokama qilindi. Xususan, mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Ochiq muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning ta’lim olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalari yuzasidan fikr almashildi. Har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

📝 Muxtor Ilhomov tomonidan yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va kasb-hunar faoliyatiga keng jalb etish orqali takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

🔎 Tadbir yakunida probatsiya hisobida turgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy moslashtirish hamda hayotda mustahkam o‘rin egallashlariga ko‘maklashishga qaratilgan manzilli ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchtepa tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5