Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tuman Kengashi deputati X.Berdiyarova tomonidan “Olmazor” mahallasida amalga oshirilishi belgilangan qurilish va infratuzilma loyihalarining ijro holati o‘rganildi.

➖ 2025-yil 19-dekabrdagi VII-18-130-9-123-K/25-sonli Kengash qarori bilan tuman mahalliy budjetining 2025-yil II–III choraklarda daromadlari rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Olmazor” MFY hududida piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish uchun 450 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘ tuman hokimligi huzuridagi buyurtmachi tashkilotga yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

➖ 2026-yil 2-martdagi VII-22-22-9-123-K/26-sonli Kengash qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qaroriga muvofiq “Olmazor” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” ko‘rinishiga keltirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash maqsadida 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlari “BUSUNES METALL LUXE” MCHJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

➖ 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-97-9-123-K/25-sonli Kengash qarori bilan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq budjet” portalida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida “Olmazor” mahallasida usti yopiq futbol va voleybol maydonlari hamda kiyinish va yuvinish xonalarini qurish uchun 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha buyurtmachisi – Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK, pudratchi tashkilot – “Baraka qurilish servis” MCHJ. Hozirga qadar jami mablag‘ning 38 foizi, ya’ni 505 mln so‘mi o‘tkazilgan.

➖ 2026-yil 30-martdagi VII-23-25-9-123-K/26-sonli Kengash qarori bilan “Ochiq budjet” portalining 2026-yil 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, “Olmazor” mahallasi ichki yo‘llariga 2 344 metr asfalt qoplamasi yotqizish uchun 1 mlrd 647 mln 832 ming so‘m mablag‘ ajratilib, Sirdaryo viloyati “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKga o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida mazkur Kengash qarorlari ijrosining borishi tahlil qilinib, loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Kengash qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 3