35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
📌 Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔍 Murojaat davomida fuqarolar Shovot dehqon bozori MCHJ tomonidan haftaning har yakshanba kuni Az-Zamaxshariy ko‘chasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan hosil qilinayotgan chiqindilar o‘z vaqtida bartaraf etilmayotgani, buning natijasida ko‘cha hududi ifloslanib, sanitariya holatining yomonlashayotganini ma’lum qildilar.

♻️ Shuningdek, chiqindi uyumlari aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘layotgani yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📍 O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3