Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat T.Tangirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamkorlikda “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qator fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi. Jumladan, mahallada yashovchi fuqaro G‘afforov Shoqul hoji bobo xonadonida borilib, tomorqa yerlaridan oqilona va unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Ma’lum bo‘lishicha, xonadonda 2 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etilgan bo‘lib, unda limon va apelsin kabi sitrus mevalari yetishtirilmoqda. Shuningdek, 20 sotix yer maydonida piyoz yetishtirilib, hosil yig‘ib olinganidan so‘ng bo‘shagan yerga takroriy ekin sifatida makkajo‘xori parvarish qilinmoqda.

O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallada aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holatini baholash, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 4