Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi

🌸 Olmazor tumani “Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova boshchligida Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan muassasa tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli va quvnoq tadbir tashkil etildi.

🪴 Tadbirda DMTT muassasa tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Men tabiat bilan birgaman"mavzusida asfaltga rasm chizish, “Men gullarni sevaman” mavzusida tuvakka gul ekish konkursi hamda “Siz ekologiyani bilasizmi” mavzusida viktorina savollari bo‘lib o‘tdi. MTM tarbiyalanuvchilari  ijrosida ona tabiat, yil fasllari, ona diyor haqida she’r va ashulalar yangradi. Ishtirok etgan har bir bolajon o‘yinchoq sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

☘️ Tadbir davomida bolalarga tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, daraxt va o‘simliklarni asrash, hududlarni ozoda saqlash hamda ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik haqida tushunchalar berildi.

🌱 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat, ekologik mas’uliyat va ona tabiatni asrash tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 5