Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan, 22-Sardoba saylov okrugi deputati Bo‘tayeva Farog‘at Atoyevna tomonidan "Sardoba" mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Mahalladagi dolzarb masalalarni aniqlash va ularni joyida hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu ochiq muloqotda "mahalla yettiligi" ham ishtirok etib, fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qildi.
Uchrashuv davomida aholining ijtimoiy-iqtisodiy, bandlik, kommunal sohalardagi muammolari va hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari birma-bir tinglandi. "Adolat" partiyasidan saylangan deputat F.Bo‘tayeva har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, aholini qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi: Deputat, "mahalla yettiligi" va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda tizimli bartaraf etishdan iborat.

Tadbir yakunida bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murakkab masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda "mahalla yettiligi" bilan birgalikda ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilab olindi.

Slide 1 of 3